Chill Store

Yetkazish va toʻlov

Chill Store qanday ishlaydi: Click va Payme orqali toʻlov, hozir bor mahsulotlar 1–3 kunda, Xitoydan buyurtma 10–14 kunda, kargo narxi va Oʻzbekiston boʻylab pochta orqali yetkazish.

Buyurtma qancha vaqtda keladi?

“Hozir bor” mahsulotlar 1–3 kunda keladi. Xitoydan buyurtma qilinadiganlari odatda 10–14 kunda yetib keladi.

Qanday toʻlayman?

Saytda Click yoki Payme orqali. Xitoydan keladigan mahsulotlarni toʻlovdan keyin sotib olamiz, shuning uchun ular oldindan toʻlanadi.

Kargo nima va qancha turadi?

Kargo Xitoydan Oʻzbekistongacha olib kelish narxi. U mahsulot kelganda vazniga qarab toʻlanadi: 100 g uchun 7 500 soʻm. Ayrim mahsulotlarda kargo narxi ichida, bu mahsulot sahifasida yozilgan.

Pochta narxi qancha?

Pochta narxini mahsulotni olayotganda pochta boʻlimida toʻlaysiz. Narx viloyat va vaznga bogʻliq.

Qaysi shaharlarga yetkazasiz?

Butun Oʻzbekiston boʻylab: Toshkent shahri va viloyati, Samarqand, Buxoro, Andijon, Fargʻona, Namangan, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpogʻiston.

Buyurtmamni qanday kuzataman?

Har bir buyurtma “Buyurtmalarim” boʻlimida koʻrinadi: Xitoyda sotib olindi, omborda, yoʻlda, Oʻzbekistonga keldi, pochtaga topshirildi. Trek raqam ham shu yerda.

Mahsulotni qaytarsa boʻladimi?

Yoʻq, qaytarish va almashtirish yoʻq. Shuning uchun oʻlchamni oʻlchamlar jadvali boʻyicha diqqat bilan tanlang.

Mahsulotlar qayerdan?

Xitoyning Pinduoduo, Taobao va 1688 saytlaridan. Bir qism mahsulotlar allaqachon Oʻzbekistonda, ular “Hozir bor” deb belgilangan.